Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Samarqand viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tayinlandi

Azizova Dilfuza Erkinovna 1982 yil 28 sentyabrda Samarqand viloyati, Samarqand tumanida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 2010 yil Samarqand davlat universitetining maktabgacha ta'lim va bolalar sporti yo‘nalishini tugatgan.

Bugungi kunga qadar Samarqand tumani 1-maktabda yetakchi, o‘qituvchi, ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Samarqand viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi metodisti, Samarqand tumani 48-maktab direktori, Samarqand tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Oxirgi o‘zgarish: 09/08/2019 22:36;   Ko‘rilganligi: 1647
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/samarqand-viloyati-maktabgacha-talim-boshqarmasi-boshligi-orinbosari-tayinlandi
Chop etilgan vaqti: 26/05/2022 06:23
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing