Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Samarqand viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘ining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi

 Bekmiratov Azamat Xolmiratovich 1981 yil 13 iyulda Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 2006 yil Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining menejment yo‘nalishini tugatgan.

Bugungi kunga qadar “Samarqandkommunalqurilish” xizmati bo‘limi yetakchi mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, Samarqand viloyat hokimligi Injiniring kompaniyasi xodimi, Samarqand viloyati o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi ta'lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash sho‘basi  mudiri, Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi bino va inshootlardan foydalanishni muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Oxirgi o‘zgarish: 12/12/2018 09:18;   Ko‘rilganligi: 1760
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/samarqand-viloyati-maktabgacha-talim-boshqarmasi-boshligining-qurilish-ishlari-boyicha-orinbosari-tayinlandi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2022 15:44
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing