Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasining kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 19 may kuni Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasining majlislar zalida viloyat maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash borasida rahbarlarning shaxsiy mas'uliyati to‘g‘risida va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda boshqarma Hay'at a'zolari, tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limlari mudirlari va bosh hisobchilari qatnashdi. Shuningdek, videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishning tuman (shahar) studiyalarida bo‘limlarning mudir o‘rinbosarlari, bo‘limlarning barcha apparat xodimlari, markazlashgan buxgalteriya xodimlari, maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralarining ishtiroki ta'minlandi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma boshlig‘i N.Sadinovaning axboroti tinglandi.
Oxirgi o‘zgarish: 02/06/2018 10:53; Ko‘rilganligi: 2206
Chop etilgan vaqti: 25/03/2023 09:57