Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Samarqandda Maktabgacha ta'lim boshqarmasining an'anaviy avgust anjumani bo‘lib o‘tdi

⚡️ Samarqand shahrida viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasining 2022-yilgi an'anaviy avgust anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan soha xodimlari, taklif etilgan mehmonlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
"Maktabgacha ta'lim sifati: joriy holat va istiqboldagi vazifalar" mavzusida bo‘lib o‘tgan anjuman ishida Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Zayniddin Jo’rayevning 2021-2022 o‘quv yilida maktabgacha ta'lim sohasida viloyatda amalga oshirilgan ishlar, istiqboldagi vazifalar yuzasidan axboroti eshitildi.
Shuningdek, anjumanda bir guruh soha vakillari tizimdagi faolligi uchun Maktabgacha ta'lim vazirligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Faxriy yorliqlarni vazirlik mas'ul hodimi Kamola Riskulova o‘z egalariga topshirdi.


Kiritilgan vaqti: 17/08/2022 18:54;   Ko‘rilganligi: 131
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/samarqandda-maktabgacha-talim-boshqarmasining-ananaviy-avgust-anjumani-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2022 15:51
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing