Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Sankt-Piterburgdagi A.I. Gersen nomidagi pedagogika universitetida "O'zbek madaniyati markazi" ochildi

Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida ikkita — “O‘zbek madaniyat markazi” va “Yangi jamoat maydoni” mazmunidagi yangi loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi taʼlim vaziri Sergey Kravtsov va Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Irina Potexina ishtirok etishdi.

Yig‘inda A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rahbariyati "Yangi jamoat maydoni"ning ochilishida hamkorlikning hissasi katta ekanligini taʼkidlagan.

Marosimda so‘zga chiqqan Rossiya Federatsiyasi taʼlim vaziri Sergey Kravtsov Ta'lim maskanini ushbu kun bilan bilan tabriklar ekan, so‘ngi yillarda malakali pedagoglarga talab tobora oshib borayotganiniurg‘ulagan.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin ham tadbirda yig‘ilganlar, universitet rahbariyati hamda bu ishga bosh qo‘shgan barcha xodimlarni chin qalbdan qutladi. Shuningdek, kelgusida mazkur ta'lim markazi bilan bo'ladigan hamkorliklar natijasida yaxshi natijalarga erishish mumkinligini ta'kidladi.


Kiritilgan vaqti: 07/12/2022 10:47;   Ko‘rilganligi: 99
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/sankt-piterburgdagi-ai-gersen-nomidagi-pedagogika-universitetida-ozbek-madaniyati-markazi-ochildi
Chop etilgan vaqti: 29/01/2023 03:35
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing