Самарқанд вилояти
Мактабгача таълим бошқармаси
w w w . s a m u d o . u z

Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati

   Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasining faollar zalida Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati bo‘lib o‘tdi. Ushbu siyosiy (ma’rifat) o‘quv soatida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining youtube kanali, hamda ilm.argos.uz malaka oshirish platformasi orqali ma’lumotlar berildi.

   Bundan tashqari, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi 662-son qarori bilan boshqarmaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bosh mutaxassisi X.Abdullayeva tinglovchilarga tanishtirib o‘tdi.
  Izoh o‘rnida: (Lingvistik ekspertiza – loyiha matnining davlat tili qoida va talablariga muvofiqligini mutaxassis tomonidan o‘rganilishi)


Киритилган вақти: 09/01/2022 10:53;   Кўрилганлиги: 45
 
Материал манзили: https://samudo.uz/press/news/siyosiy-marifat-oquv-soati
Чоп этилган вақт: 20/01/2022 15:52
Матнни ўқиш учун ушбу тугмани босинг