Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

SOG‘LOM OVQATLANISH – MUHIM MEZON

  U insonning uzoq umr kechirishini ta'minlaydi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko‘ra jismoniy faollik hamda ovqatlanish me'yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me'yoridan ortiq iste'mol qilish, shuningdek, yetarli darajada vitamin va minerallar iste'mol qilmaslik oqibatida yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolishga sabab bo‘ladi.

Sog‘lom ovqatlanish, ayniqsa, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida juda muhim masala hisoblanadi. Toyloq tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari xo‘jalik ishlari mudirlari hamda oshpazlar uchun o‘quv va amaliy seminar o‘tkazildi.


Tarbiyalanuvchilarining sog‘lom ovqatlanishi, oziq-ovqat mahsulotlarining foyda va zararlari, taom tayyorlash jarayonida texnologiya qoidalariga amal qilish hamda oshpazlar tomonidan taom tayyorlash jarayonida sanitariya va gigiyena qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilish mavzularida tushunchalar berildi.


Kiritilgan vaqti: 30/04/2022 08:02;   Ko‘rilganligi: 41
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/soglom-ovqatlanish-muhim-mezon
Chop etilgan vaqti: 21/05/2022 23:44
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing