Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Urgut tumani 33-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi Madinabonu 60 dan ortiq she'r va g‘azallarni yoddan, maromiga yetkazib ayta oladi.

Narzullayeva  Madinabonu 2012 yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Hozirda u 33-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi. Madinabonu 4 yoshidan boshlab she'rlar yodlashga qiziqqan. Hozirgi paytda 60 dan ortiq she'r va g‘azallarni yoddan, maromiga yetkazib ayta oladi.

Madinabonu “Bolajon” telekanalining iqtidorli bolalar ko‘rik tanlovida qatnashdi. Badiiy adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin g‘olibi bo‘lib, faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi. 


Oxirgi o‘zgarish: 19/06/2018 12:09;   Ko‘rilganligi: 2517
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/urgut-tumani-33-maktabgacha-talim-muassasasi-tarbiyalanuvchisi-madinabonu-60-dan-ortiq-sher-va-gazallarni-yoddan-maromiga-etkazib-ayta-oladi
Chop etilgan vaqti: 25/03/2023 08:55
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing