Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Turkiya Respublikasida xizmat safarida

             O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil 11 yanvar kuni Samarkand viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yig‘ilishi bayonining ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasining 2019 yil 2 fevraldagi xatiga muvofiq, viloyat hokimining 2019 yil 18 fevraldagi farmoyishiga asosan viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Sadinova Nigora Safarovna viloyat ishchi guruhi tarkibida 2019 yil 25 fevral-3 mart kunlari Turkiya Respublikasining Anqara va Istanbul shaharlariga xizmat safariga yuborildi.

         Xizmat safaridan asosiy maqsad, Turkiya Respublikasining shaharni boshqarish, obodonlashtirish, tarixiy obidalarni saqlash, maktabgacha ta'lim tizimi va autsorsing tajribasini o‘rganishdan va o‘rganilgan tajribalarni kelgusida viloyat miqyosida ommalashtirishdan iboratdir.

          Xizmat safarining birinchi kunida N.Sadinova Anqara shahrida bo‘lib, “Jahon bolalari universiteti” nomli nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga yaratilgan shart-sharoit va ta'lim-tarbiya, ovqatlanish tizimi bilan tanishdi.


Kiritilgan vaqti: 27/02/2019 15:33;   Ko‘rilganligi: 2410
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/viloyat-maktabgacha-talim-boshqarmasi-boshligi-turkiya-respublikasida-xizmat-safarida
Chop etilgan vaqti: 25/03/2023 08:49
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing