Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi.


Payariq tumani “Beshqo‘rg‘on” MFY hududida joriy yilning 7-dekabr kuni quvvati 60 o‘rinli 51-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti “Obod qishloq” dasturi asosida “Chinor Bulding” MChJ tomonidan rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshiriladi. Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish uchun jami 1 mlrd. 374 mln. so‘mlik mablag‘ ajratildi.

Mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 2 ta mashg‘ulot xona, 1 ta direktor xonasi, 1 ta hamshira xonasi, 1 ta oshxona, 1 ta kir yuvish xonasi, jami 9 ta xonalardan iborat.
Bundan tashqari, tashkilot hovlisida 2 ta bolalar o‘yin uchun yozgi ayvonchalar tashkil etilgan.
“Beshqo‘rg‘on” MFYda 1 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 2 ta Oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib shundan 3-7 yoshli bolalar soni 266 nafar, bog‘cha yoshidagi bolalar qamrovi 110 nafarni yoki 42% ni tashkil etmoqda.


Kiritilgan vaqti: 09/12/2022 10:29;   Ko‘rilganligi: 52
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/yangi-maktabgacha-talim-tashkiloti-binosi-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 29/01/2023 03:24
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing