Самарқанд вилояти
Мактабгача таълим бошқармаси
w w w . s a m u d o . u z

"YASHIL CHIROQ"NI BILAMIZ

  Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi  8,23,24,32,43,101-DMTTlarning jajji tarbiyalanuvchilari o'rtasida "Yashil chiroq" ko'rik tanlovi o'tkazildi. 

  Tanlovda yuqoridagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar.Svetafor, yo'l belgilari, sardorlar bahsi, musiqiy chiqish va sahnalashtirilgan jarayonlar kabi shartlarga  "Ilk qadam" davlat o'quv dasturining oy va hafta mavzusi asosida berilgan bilimlarini namoyish eta olgan tarbiyalanuvchilar, taklif etilgan hakamlar tomonidan munosib baholanib bordilar.

 

\

   Ko'rik-tanlov yakunida barcha ishtirokchilar esdalik sovg'alari bilan mukofotlandilar. Ko'rik tanlovning asosiy maqsadi bolajonlarning yo'l harakati qoidalari to'g'risidagi bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan.


Киритилган вақти: 24/11/2021 10:05;   Кўрилганлиги: 42
 
Материал манзили: https://samudo.uz/press/news/yashil-chiroqni-bilamiz
Чоп этилган вақт: 09/12/2021 09:45
Матнни ўқиш учун ушбу тугмани босинг