Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

“Yo‘l xaritasi” - istiqbolli reja

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2018 yil 14 fevral kuni o‘zkazilgan videoselektor majlisida davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, yangi qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash ishlarining sifatini oshirish, bog‘chalarda ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilash, sog‘lom ovqatlantirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish yuzasidan vazifalar belgilangan edi.

Shu bois, halq deputatlari Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” muhokama etildi va tasdiqlandi.

Ma'lumot o‘rinida ta'kidlash lozimki, Samarqand viloyatida jami 233 ta davlat-xususiy sheriklik va nodavlat makatbgacha ta'lim muassasalari tashkil etish bo‘yicha tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan murojaatlar kelib tushgan. Shundan, 106 ta yangi nodavlat, mavjud binolarda 112 ta davlat-xususiy sherikchilik, 15 ta uy bog‘chalari faoliyatini tashkil etish borasidagi murojaatlar.

Bundan tashqari, mazkur “Yo‘l xaritasi”da 2018 yil davomida Investitsiya dasturi asosida 10 ta yangi davlat maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish, 50 ta rekonstruksiya hamda 7 ta maktabgacha ta'lim muassasalarini mukammal ta'mirlash yuzasidan amalgan oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aniq belgilab berilgan.

Demak, “Yo‘l xaritasi” ga binoan joriy yilning o‘zida yana ko‘plab maktabgacha ta'lim muassasalari qurib foydalanishga topshiriladi, ta'mirtalablari esa qayta ta'mirlash orqali bugungi talab darajasiga keltiriladi. Eng muhimi viloyatda bolalarni bog‘chalarga jalb qilish qamrovi ko‘payadi.

Vazirlik Axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/03/2018 17:30;   Ko‘rilganligi: 2325
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/yol-xaritasi-istiqbolli-reja
Chop etilgan vaqti: 25/03/2023 09:20
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing