Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Yozgi sog'lomlshtirish mavsumiga oid seminarlar davom etmoqda.

Pastdarg'om tumani maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi 19-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Yozgi sog’lomlashtirish davrini tashkil etish" mavzusida amaliiy seminar bo'lib o'tdi.Seminarda tuman maktabgacha ta'lim bo'limi ta'lim sifati sho’ba mudiri A.Ahmadov hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog tarbiyachilari ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirda so’zga chiqqanlar yozgi sog' lomlashtirishning asosiy maqsad va vazifalari,sog'lomlashtirish va chiniqtiruvchi tadbirlarning o'tkailishi uslublari hamda bolajonlarni chiniqtirish, ijodiy faoliyat va harakatga bo'lgan ehtiyojini to'liq qondirishdan iboratligi to’risida o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Uslubchi va tarbiyachilarning yozgi ish hujjatlarining yuritilishi bo’yicha tavsiyalar berildi. Seminar qizg'in savol –javob, bahs-munozaralar asosida o'tlazildi.

Kiritilgan vaqti: 11/06/2022 14:35;   Ko‘rilganligi: 52
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/news/yozgi-soglomlshtirish-mavsumiga-oid-seminarlar-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 25/06/2022 06:49
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing