Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

“Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasasi qanday bo‘lishi kerak?: jumladan, maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, tizimli rejalashtirish va muvofiqlashtirishning asosiy yo‘nalishlari” shiori ostida viloyat o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 24 yanvar kuni Samarqand shahridagi 80-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasida “Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasasi qanday bo‘lishi kerak?: jumladan, maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish,tizimli rejalashtirish va muvofiqlashtirishning asosiy yo‘nalishlari” shiori ostida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i N.Sadinova, tuman va shahar maktabgacha ta'lim bo‘limlari sho‘ba mudirlari va metodistlari hamda namunali maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari ishtirok etishdi.

Seminar kun tartibida Open EMIS axborot tizimiga ma'lumotlarni muntazam ravishda kiritishda MTM mudirasining asosiy vazifalari, maktabgacha ta'lim muassasasida tashkil etilgan Kuzatuv kengashlari faoliyati hamda Maktabgacha ta'lim vazirining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining ish xujjatlari to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan ta'lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda me'yoriy xujjatlarning ahamiyati to‘g‘risidagi masalalar muhokama etildi.

Seminar ishtirokchilari Samarqand shahridagi 80-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasining amaliy mashg‘ulotlar faoliyati bilan tanishdilar. Jumladan, MTM mudirasi, pedagog va psixologi, tarbiyachilari, musiqa rahbari va jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, muassasa hamshirasi, sog‘lom ovqatlantirish jarayoni va kichik kutubxona faoliyati bilan tanishdilar.

Ushbu seminar kun tartibidagi masalalardan kelib chiqib, viloyatimizdagi barcha tuman va shaharlardagi maktabgacha ta'lim muassasalarda ham, huddi shunday amaliy o‘quv seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirildi.


Kiritilgan vaqti: 24/01/2019 19:11;   Ko‘rilganligi: 3120
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/seminars-briefings/bugungi-kunda-maktabgacha-talim-muassasasi-qanday-bolishi-kerak-jumladan-maktabgacha-talim-muassasalarida-talim-tarbiya-jarayonini-sifatli-tashkil-etish-tizimli-rejalashtirish-va-muvofiqlashtirishning-asosiy-yonalishlari-shiori-ostida-viloyat-oquv-amaliy-seminar-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2022 15:42
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing