Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Bugungi seminar Bulung‘ur hamda Jomboy tumanlarida o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-sonli qarori hamda Maktabgacha ta'lim Vazirining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining ish hujjatlari to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash, ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, pedagog kadrlarning malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish, maktab ta'limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini to‘laqonli bajarish maqsadida joriy yilning 8 fevral kuni Jomboy tumanidagi 8-sonli, Bulung‘ur tumanidagi 7-sonli maktabgacha ta'lim muassasalarida mudiralar va pedagog xodimlar uchun navbatdagi o‘quv amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

 Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Samarqand viloyat hududiy bo‘limi mutaxassislari D.Bobojonov  va  F.Muhammadiyevalar qatnashdilar.


Kiritilgan vaqti: 08/02/2019 20:11;   Ko‘rilganligi: 1782
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/seminars-briefings/bugungi-seminar-bulungur-hamda-jomboy-tumanlarida-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2022 16:11
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing