Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Bulung‘ur tumanida maktabgacha ta'lim muassasalari hamshiralari uchun tibbiy ish hujjatlarining yuritilishi hamda muassasalarda bolalarni sog‘lom ovqatlantirilishini tashkil etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 19-iyuldagi 528-sonli qarori hamda Maktabgacha ta'lim vazirining 2018 yil 15 avgustdagi 183-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalarida har tomonlama rivojlantirish, ta'lim-tarbiya berish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va maktab ta'limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini to‘laqonli bajarishni tashkil etish maqsadida “Tibbiy hujjatlarning yuritilishi mavzusida” o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.

 

   O‘quv seminarida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri hamda ma'sul xodimlari va tibbiyot birlashmasining bosh shifokori hamda tajribali mutaxassislari ishtirok etishdi. Maktabgacha ta'lim muassasalari hamshiralarining tajriba va ko‘nikmalari, shuningdek tibbiy ish hujjatlarining yuritilishi bo‘yicha me'yorlar haqida yosh mutaxassislarga  amaliy tushunchalar berildi.


Oxirgi o‘zgarish: 15/02/2019 20:25;   Ko‘rilganligi: 2294
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/seminars-briefings/bulungur-tumanida-maktabgacha-talim-muassasalari-hamshiralari-uchun-tibbiy-ish-hujjatlarining-ornatilgan-tartibda-yuritilishi-hamda-muassasalarda-bolalarni-soglom-ovqatlantirilishini-tashkil-etish-boyicha-seminar-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2022 15:25
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing