Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Joriy yilning 2 mart kuni Samarqand davlat universitetining “Maktabgacha ta'lim” fakulteti faollar zalida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Samarqand davlat universiteti “Maktabgacha ta'lim” fakultetining ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda maktabgacha ta'lim muassasalari bilan izchil hamkorlikni o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. Maktabgacha ta'limda me'yoriy hujjatlarning yuritilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar berildi.

 Shuningdek, Maktabgacha ta'limda matematik o‘yinlarni tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma taqdimoti o‘tkazildi.

Seminarda tuman va shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari hamda o‘qitishning muqobil shakllarini tashkil etish hamda Ta'lim sifatini ta'minlash va metodik xizmatni tashkil etish sho‘basi metodistlari, maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari va pedagoglari ishtirok etishdi.


Kiritilgan vaqti: 04/03/2019 13:27;   Ko‘rilganligi: 1781
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/seminars-briefings/joriy-yilning-2-mart-kuni-samarqand-davlat-universitetining-maktabgacha-talim-fakulteti-faollar-zalida-oquv-amaliy-seminar-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2022 16:43
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing