Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

“Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablarini amalga oshirish” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Bugun Samarqand shahridagi 104-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida “Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini  “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablarini amalga oshirish”  mavzusida metodistlar, mudiralar va tarbiyachilar ishtirokida Maktabgacha ta'lim vazirligining O‘quv-metodik majmualarni yaratishni muvofiqlashtirish va metodik xizmatni tashkil etish boshqarmasi xodimlari tomonidan amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar ishtirokchilari guruhlarga bo‘lingan holda rivojlantiruvchi markazlar faoliyati bo‘yicha bilimlarini oshirishdi.

O‘zaro bo‘lib o‘tgan savol-javoblar seminar qatnashchilarida "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturi, me'yoriy hujjatlar yuritilishi to‘g‘risidagi bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


Oxirgi o‘zgarish: 16/02/2019 21:00;   Ko‘rilganligi: 2453
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/seminars-briefings/maktabgacha-talim-muassasalarining-oquv-jarayoniga-ilk-qadam-davlat-oquv-dasturini-joriy-etish-va-ozbekiston-respublikasining-ilk-va-maktabgacha-yoshdagi-bolalarni-rivojlantirish-borasidagi-davlat-talablarini-amalga-oshirish-mavzusida-amaliy-seminar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2022 15:59
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing