Maktabgacha ta'lim vazirligining navbatdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda maxsus maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qabul qilishda tibbiy pedagogik-psixologik komissiya faoliyatini takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda davlat-xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi masalalari muhokama qilindi.
Viloyat boshqarmasi studiyasidan boshqarma rahbariyati, tegishli bo‘lim boshliqlari va mutaxassislari, tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirlari, bo‘limlarning barcha mas'ul xodimlari hamda maxsus maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari qatnashdilar.
Oxirgi o‘zgarish: 23/02/2019 19:50; Ko‘rilganligi: 1896
Chop etilgan vaqti: 29/01/2023 03:51