Maktabgacha ta'lim vazirligining videoseminari o‘tkazildi
2018 yil 22 sentyabr kuni viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi majlislar zalida Maktabgacha ta'lim vazirligining videoseminari o‘tkazildi.
Videoseminarda O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” nomli davlat ta'lim dasturi asosida maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish:
- rivojlantiruvchi markazlar faoliyatini tashkil etish yo‘llari;
- 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhlarida mashg‘ulotlarni rejalashtirish;
- maktabga tayyorlov guruhlarida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish;
- MTMda xujjatlarni yuritish;
- yillik rejani to‘g‘ri shakllantirish bo‘yicha ma'ruzalar tinglandi.
Oxirgi o‘zgarish: 22/09/2018 19:11; Ko‘rilganligi: 2378
Chop etilgan vaqti: 29/01/2023 03:49