Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Samarqand shahridagi 98-maktabgacha ta'lim muassasasida “Autsorsing” yo‘nalishi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 22 yanvar kuni Samarqand shahridagi 98-maktabgacha ta'lim muassasasida Autsorsing” yo‘nalishi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda viloyat Moliya boshqarmasi boshlig‘i, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, shahar hokimi o‘rinbosari hamda oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib beruvchi (“Autsorsing” tizimi bo‘yicha) 14 nafar tadbirkorlar hamda shahardagi maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari ishtirok etishdi. Seminarda “Autsorsing” yo‘nalishi bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.


Kiritilgan vaqti: 24/01/2019 19:08;   Ko‘rilganligi: 1635
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/seminars-briefings/samarqand-shahridagi-98-maktabgacha-talim-muassasasida-autsorsing-yonalishi-boyicha-seminar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2022 16:40
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing