Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasida viloyatdagi barcha MTM mudirlari va hamshiralari uchun onlayn seminar o‘tkazildi.

Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining  majlislar zalida 2018 yil 29 may kuni Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 14 mayda 3012-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan  “Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga  ko‘ra amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan  o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Seminar videokonferensiya tarzida tashkil etildi. Seminarda “Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning mazmun-mohiyati”, “Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini o‘tkazish samarasi”, “MTMda to‘g‘ri ovqatlanishga qo‘yiladigan gigiyenik talablar hamda Sanitariya qoida va me'yorlari” mavzularida ma'ruzalar tinglandi.

 Tuman (shahar) studiyalaridan tuman (shahar) bo‘limi mudirlari, mudir o‘rinbosarlari, tuman tibbiyot birlashmalari bosh pediatrlari,  davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish sho‘ba mudirlari va metodistlari, maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari, hamshiralar ishtirok etishdi.

Ma'ruzalardan so‘ng, kun tartibidagi masalalar yuzasidan seminar ishtirokchilari o‘rtasida munozaralar o‘tkazilib, fikrlar almashildi.

 


Oxirgi o‘zgarish: 02/06/2018 11:13;   Ko‘rilganligi: 2591
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/seminars-briefings/samarqand-viloyat-maktabgacha-talim-boshqarmasida-viloyatdagi-barcha-mtm-mudirlari-va-hamshiralari-uchun-onlayn-seminar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 25/03/2023 10:34
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing