Samarqand viloyati
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi
w w w . s a m u d o . u z

Viloyatdagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalari mudirlari bilan videoselektor (onlayn) tarzida yig‘ilish o‘tkazildi.

2018 yil 5 sentyabr kuni Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasining majlislar zalida barcha tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limlari xodimlari va maktabgacha ta'lim muassasalari mudirlari bilan videoselektor (onlayn) tarzida yig‘ilish o‘tkazildi.

Videoselektorda viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i S.Chuliyevlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibida davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida jixozlarga bo‘lgan extiyoj va ajratiladigan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi, Open EMIS (ta'limni boshqarishning axborot tizimi) faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilishda Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qonunbuzilish holatlari, O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va o‘quv dasturining mohiyati, davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida yuritiladigan ish xujjatlari to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.


Kiritilgan vaqti: 05/09/2018 20:21;   Ko‘rilganligi: 2089
 
Material manzili: https://samudo.uz/press/seminars-briefings/viloyatdagi-barcha-maktabgacha-talim-muassasalari-mudirlari-bilan-videoselektor-onlayn-tarzida-yigilish-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 25/03/2023 08:50
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing